12.11.2013 14:42
2015 yilgacha aholining banklardagi jamg`armalari hajmi 2,5 martaga oshadi
Mazkur vazifaning talablaridan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O`zbekiston banklari assosiasiyasi, O`zbekiston Xotin-qizlar qumitasi, Moliya sohasini rivojlantirish agentligi tomonidan Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha jamg`arma kassalari fondi (Jamg`arma kassalari fondi) bilan birgalikda O`zbekiston banklari assosiasiyasida «Moliyaviy bilimlarini oshirish – banklarda aholi jamg`armalarini mobilizasiyalash omili» mavzusida seminar tashkil etildi.
Moliyaviy bilimni oshirish rejalashtirish, jamg`arma, qarzdorlik, moliyaviy xizmatlardan samarali foydalanishga nisbatan aholining iqtisodiy bilimlarini sezilarli darajada oshirishga imkon yaratadi. Bu esa o`z navbatida, aholiga o`z daromadlarini himoyalashga yordam beradi hamda ularning ko`payishiga ko`mak beradi.
Seminarda Germaniya jamg`arma kassalari moliyaviy guruhining hamda Jamg`arma kassalari fondining rahbarlari ishtirok etdilar.
Germaniyalik ekspertlar barqaror iqtisodiy o`sish sur`atini ta`minlashda muhim bo`lgan investisiyalarning ichki manbai hisoblanadigan jamg`armalarning iqtisodiyotda tutgan o`rnining mohiyatini ochib berishdi. Bunda bank-moliya tizimida jamg`arma ishlarini tashkil etishda alohida e`tibor berilishi lozim bo`lgan va pul mablag`larini jamg`arishga ko`maklashadigan omillarga asosiy urg`u berildi.
Xususan, bank-moliya tizimida jamg`arma ishlarini tashkil etishda bir qator omillarga, foiz stavkasi, omonatlarni himoyalash kafolati, omonatchilar huquqi, aholining moliyaviy bilimlari, inflyasiya hamda bank konsul`tasiya va xizmatlarining sifati kabi omillarga alohida e`tibor qaratildi.
Shu bilan birga, seminar qatnashchilari oila byudjetini samarali tashkil etishning asosiy jihatlari va Germaniya moliya tashkilotlari tomonidan aholining yosh jihatidan turli guruhlariga mo`ljallangan moliya xizmatlari bilan ham tanishtirildi.
Xalqaro ekspertlar respublikamizda tijorat banklari tomonidan aholi omonatlarini jalb etish bo`yicha amaldagi qonunchilik bazasini, ayniqsa banklarga nisbatan ishonchning oshishiga xizmat qiladigan aholi omonatlarining 100-foizlik himoyalash kafolatini, ular bo`yicha sirning saqlanishi hamda omonatlar bo`yicha olingan daromadlarning soliqdan ozod etilganligini ham ta`kidlab o`tishdi.
Seminar ishtirokchilari Germaniya ekspertlari bilan jamg`arma faoliyatiga tegishli ularni qiziqtirgan masalalar bo`yicha fikr almashishdi. Jamg`arma ishlarini samarali tashkil etish, moliya tashkilotlari mutaxassislarining yangi va zamonaviy jamg`arma turlarini ishlab chiqishdagi professional bilimlarini oshirish, jamg`armaning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishda tutgan beqiyos o`rnini aholiga etkazish borasidagi keng qamrovli masalalar tahlil qilindi.
Germaniya jamg`arma kassalari moliyaviy guruhi tomonidan Xalq banki, Hamkorbank va Mikrokreditbanklarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash uchun grantlar ajratildi.





