AsosiyJamiyat

O`zbekiston temiryo`lchilari yo`llarini Erongacha uzaytirishmoqchi

“O`zbekiston temir yo`llari” DATK boshqaruv raisi Achilboy Ramatovning “Pravda vostoka” nashriga bergan [url=http://pv.uz/transport/12446]intervyusida, mamlakat temir yo`llarining xalqaro yo`nalishlari rivojlanishi haqida gapirdi. 

Kompaniya rahbarining so`zlariga qaraganda, ayni damda o`zbek temiryo`lchilari tomonidan Afg`oniston xududida 106 km yo`l yotkizilgan Kelgusida mazkur koridorni Fors bo`g`ozi portlarigacha chiqish istiqboli bilan Erongacha uzaytirish ko`zda tutilgan.

Joriy yilning o`tgan davrida "O`zbekiston temir yo`llari" DATK tomonidan 13,9 milliondan ortiq yo`lovchiga xizmat ko`rsatildi. Kompaniyaning temiryo`l stansiyalaridan 47,5 million tonna yuk jo`natildi. Bundan tashqari 5,9 milliondan ortiq tranzit yuklari o`tkazilgan, 7,8 million tonna yuk import va 5,5 milliona yuk eksport qilingan.

Avval xabar berganimizdek yaqinda “O`zbekiston temir yo`llari” DATK Xitoyda ishlab chiqarilgan ettita yangi O'ZEL rusumli elektrovozini harid qildi. Mazkur elektrovozlar tog` xududlarida ishlashga moslashtirilgan bo`lib, asosan “Maroqand-Qarshi-Termez” temir yo`llarining elektrlashgan uchastkalarida qatnaydi.

Elektrovozlar “Lokomotiv parkini yangilash. 11 ta seksiya yuk elektrovozlarini harid qilish” loyihasi doirasida harid qilinyapti. Loyiha qiymati 47,3 mln dollarni tashkil qiladi. Shartnomani moliyalashtirish Xitoy Eksimbankining 42 mln dollar krediti va kompaniyaning o`z mablag`lari hisobiga amalga oshiriladi. Yuk elektrovozlari CNTIC va CNRDLRC konsorsiumlari tomonidan etkazib berildi.

O`zbekiston temiryo`lchilarining Xitoy kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikdagi loyihalari yordamida, "O`zbekiston temir yo`llari" DATKning lokomotiv parki  34 yangi zamonaviy elektrovoz bilan yangilandi, yil ohirigacha esa ularning soni 38 taga ko`payadi. 2015 yil ohirigacha kompaniya lokomotiv parki 70 foizga yangilanadi. 1994 yil 7 noyabr kuni Davlatimiz rahbari Qarori bilan tashkil etilgan "O`zbekistan temir yo`llari"ning bugungi kunda asosiy yo`l uzunligi 3645 kilometrdan oshadi. Kompaniyaning yillik yuk ayriboshlash hajmi boshqa transport turlarining mazkur faoliyatidan 90 foizga ko`p.

    Boshqa yangiliklar