12.11.2013 12:28
Gentra avtomobillarini yig`ishga kirishildi
"Gentra ning birinchi partiyasini Rossiyaga test uchun yubordik, dekabrda esa yirik hajmdagi buyurtmalarni etkazib berishga kirishamiz", - deydi manbaa. Uning so`zlariga ko`ra, yangi modelning 90% Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinadi.
Ushbu yangi model to`rt silindrli, 1,5 litrli va 105 ot kuchiga ega bo`lgan DOHC dvigateli bilan jihozlangan. Gentra mashinalaridan yiliga 20 mingta ishlab chiqarish ko`zda tutilgan. Loyiha qiymati 23,4 million AQSh dollari va u GM Uzbekistan korxonasining o`z mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi.





