AsosiyJamiyat

​ChIMYoN TOG`IDA BIR GURUH ADAShIB QOLGAN FUQAROLAR QUTQARILDI

'​ChIMYoN TOG`IDA BIR GURUH ADAShIB QOLGAN FUQAROLAR QUTQARILDI'ning rasmi
Joriy yilning 13 avgust kuni soat 10:50 da Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Karmakova T. tog`da adashib qolgani to`g`risida Tez harakat qilish markaz otryadi tezkor navbatchisiga xabar kelib tushgan.


Xabar beruvchining bergan ma`lumotiga qaraganda, Bo`stonliq tumani Chimyon qishlog`i “Kichik Chimyon” tog` releflariga o`zi bilan jami 5 nafar fuqaro dam olish maqsadida yuqoriga ko`tarilishadi va adashib qolishadi.

FVV axborot xizmatining xabar qilishicha, mazkur holat yuzasidan Tez harakat qilish markaz otryadining qutqaruv guruhi soat 11:08 da voqea joyiga chiqib bordi.

Shu kunning o`zida taxminan soat 12:45 da adashib qolgan fuqarolar “Kichik Chimyon” Gulkam qumli dovonining tog` releflarida aniqlanib, ular xavfsiz hududga sog`-salomat olib tushirilgan. Qutqaruv ishlari davomida fuqarolarga hech qanday tan jarohati etmagan.

    Boshqa yangiliklar