AQShning Vashington shtatidaggi Sietl shahrida o`tkazilgan ommaviy tadbirda tartibsizliklar yuzaga keldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
AVS telekanalining xabar berishicha, huquq-tartibot idorasi xodimlari va AQSh prezidenti Donald Tramp siyosatini qo`llab-quvvatlash siyosiy tadbiriga xalaqit qilmoqchi bo`lgan namoyishchilar o`rtasida to`qnashuv yuzaga keldi.
Polisiya namoyishchilarga qarshi qalampirli aerozol va yorug`lik tarqatuvchi, shovqinli granatalardan foydalandi. Namoyishning bir necha faollari qo`lga olindi.
Ayni kunlarda AQShning Virjiniya shtatidagi Sharlotsvill shahrida o`ta o`ngchilar va ularning raqiblari o`rtasidagi to`qnashuv oqibatida favqulodda holat e`lon qilindi. Namoyish vaqtida olomon ustiga avtomobil kelib urildi. Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo`ldi, 30 nafardan ortiq odam yaralandi. Polisiya avtomobil haydovchisini qo`lga oldi. Haydovchi Ayova shtatida yashovchi 20 yoshli yigit bo`lib chiqdi. Unga “qasddan qotillik sodir etish” aybi qo`yildi.
Sharlotsvill meri shaharda sodir bo`lgan barcha hodislarda, jamoatchilik orasida irqchilik kuchayib ketganligida AQSh prezidenti Donald Trampni ayblab, hamma hodisa mas`uliyatini Trampning zimmasiga yukladi.






