Turkiyada ichida odamlar bo`lgan avtobus ag`darilishi oqibatida uch kishi halok bo`ldi, bir qancha yo`lovchilar jabrlandi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Bugun tongda Anqara shahrini Konya shahri bilan bog`lovchi yo`lda yo`l transport hodisasi ro`y berdi. Avtobus haydovchisi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida avtobus ag`darilib ketdi.
Voqea joyiga tez yordam mashinalari etib keldi. Halok bo`lganlar soni ortishi mumkin. Hodisa tafsiloti o`rganilmoqda.






