AsosiyDunyo

​UGADUGUDAGI TURK RESTORANINI EGALLAB OLGAN UCh NAFAR JANGARI OTIB O`LDIRILDI

'​UGADUGUDAGI TURK RESTORANINI EGALLAB OLGAN UCh NAFAR JANGARI OTIB O`LDIRILDI'ning rasmi

Burkina-Fasoning poytaxti Ugadugu shahrida qurollangan jangarilar restoranga hujum qildi, ayni paytda garovga olinganlarni ozod qilish operasiyasi davom etmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Qurollangan terrorchilarning turk restoraniga qilgan hujumi oqibatida 17 kishi halok bo`ldi, 8 kishi yaralandi. Hukumat aholini xotirjamlikni saqlab, uydan chiqmaslikka chaqirdi.

Burkina-Fasoning aloqa vaziri Remi Danjinu bergan ma`lumotga ko`ra, maxsus otryad xodimlari hujum qilgan uch nafar jangarini yo`q qilgan. Mazkur hodisa terakt, deb baholanmoqda. Garovga olinganlarni ozod qilish operasiyasi davom etmoqda. Hujum qilgan jangarilar soni hozircha ma`lum emas.

Shaharda bir necha soatdan beri otishma ovozi to`xtagani yo`q. Shaharning mrakaziy ko`chalari polisiya va maxsus xizmat xodimlari tomonidan o`rab olingan. OAVlar va ijtimoiy tarmoqlar guvohlar tomonidan voqea joyidan suratga olingan kadrlarni chop etmoqda.

    Boshqa yangiliklar