2017 yilning 19 iyul kuni, “Arofat” ismli noma`lum ayol, Olmazor tumani hududida joylashgan “Tansiqboev” bozorida bo`la turib, fuqaro Xalilova Xakima Tursunbaevnaning ishonchiga kirib, unga go`yoki zargarlik tilla buyumlari sifatida aslida moddiy qimmatlikka ega bo`lmagan metalldan ishlangan buyumlarni 4.000.000 so`m miqdordagi pullarga sotgan.
Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya`ni o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Sarimsokova Kimyoxon Samsokboy qizi sodir etganliklari aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.






