Britaniyaning Sheffild shahrida yashovchi, qorin bo`shlig`i saratoni tashxisi qo`yilgan Mark Tompsonning 10 a`zosi olib tashlandi va ulardan 6 tasi transplantlar bilan almashtirildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Shifokorlar 54 yoshli Tompkinsonga juda kam uchraydigan qorin bo`shlig`i saratoni tashxisini qo`yib, uning 18 oy umri qolganligini bashorat qilishdi.

Erkak har biri 22 soat davom etgan, uning umrini ozgina bo`lsa-da, uzaytirishga qodir bo`lgan 2 operasiyani boshdan kechirdi.

Shifokorlar o`sma atrofidagi a`zolar – ko`richak, oshqozon, ingichka ichak, yo`g`on ichak, o`n ikki barmoqli ichak, o`t pufagi va boshqalarni olib tashlab, ularning 6 tasini transplantlar bilan almashtirishdi. Mark barcha operasiyalarni muvaffaqiyatli o`tkazib, butunlay saraton kasalligidan qutuldi.







