Xitoyning shimoliy qismidagi tornado oqibatida 5 kishi qurbon bo`ldi, 50 kishi jabrlandi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, juma kuni, mahalliy vaqt bilan soat 16.00 da Xeshigten-Si uezdida va Chifen okrugidagi Onnyud-Si shahriga tornado yopirildi. Tabiiy ofat bir qancha qishloqlarga jiddiy talofat etkazdi, ko`plab uylar vayron bo`ldi.






