AsosiyDunyo

​SAUDIYa ARABISTONIDA XONANDA “DEB” RAQS HARAKATINI AMALGA OShIRGANI UChUN QAMOQQA OLINDI (VIDEO)

'​SAUDIYa ARABISTONIDA XONANDA “DEB” RAQS HARAKATINI AMALGA OShIRGANI UChUN QAMOQQA OLINDI (VIDEO)'ning rasmi

Saudiya Arabistonilik yosh xonanda Et-Taif shahrida festivalda ishtirok etayotganda xip-xop ijrochilariga tegishli bo`lgan “deb” raqs harakatini amalga oshirgani uchun qamoqqa olindi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Abdulla al-Shahraniy nomli xonandaning “deb” raqs harakatini amalga oshirgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga bir zumda tarqaldi. Hamma gap shundaki, mazkur holat Saudiya Arabistonida Giyohvandlikka qarshi kurashish Boshqarmasi tomonidan “giyohvandlikka undovchi harakat” deb taqiqlangan.

Aslida esa mazkur harakatning giyohvandlikka hech qanday aloqasi yo`q, uni xip-xop ijrochilari qo`llaydi. Dunyo ahli bu harakatni ilk marotaba 2014 yilda Skippa Da Flippa nomli reperning klipida tomosha qilgan edi. Endilikda undan nafaqat musiqachilar, balki sportchilar ham foydalanmoqda.

Abdulla al-Shahraniy qamalishidan ilgari vatandoshlaridan o`z Tvitter sahifasida uzr so`radi. “Hurmatli hukumatimiz va tomoshabinlardan Et-Taif shahrida o`tkazilgan festivaldagi tasodifiy raqs harakatim uchun uzr so`rayman”, deb yozdi xonanda.

Xonanda uzr so`rasa ham, qamoqqa olingani Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning qizg`in bahs-munozaralarga sabab bo`ldi. Ular xonanda mazkur harakatni tasodifan amalga oshirgani, aybi yo`qligi, kechirim so`raganligi uchun qamoqdan ozod etish mumkinligi haqida yozganiga qaramay, aksariyat saudiyaliklar el nazarida bo`lgan xonanda bunday xatoga yo`l qo`yishga haqqi yo`qligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar