AsosiyDunyo

​OSTONADA UChINChI QAVAT DERAZASIDAN OSILIB QOLGAN QIZChA QUTQARILDI

'​OSTONADA UChINChI QAVAT DERAZASIDAN OSILIB QOLGAN QIZChA QUTQARILDI'ning rasmi

Qozog`iston poytaxti Ostona shahrida uchinchi qavat derazasidan osilib qolgan qizcha sog`-omon qutqarildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Derazadan osilib, yig`lab o`tirgan qizchani yo`ldan o`tib ketayotgan yuk mashinasi haydovchisi ko`rdi. Erkak mashinani uy oldida to`xtatib, ikki yo`lovchi bilan birga mashina kuzovi ustiga, yo`lovchilardan biri esa haydovchining elkasiga chiqdi.

Ular shu tariqa qizchani pastga tushirib, onasining qo`liga topshirishdi. Ma`lum bo`lishicha, ayol qizchani olti yoshli o`g`li bilan qoldirib, bir necha daqiqaga ko`chaga chiqqan.

    Boshqa yangiliklar