AsosiyJamiyat

​TOShKENTDAGI BOZORLARGA PULNI NAQDLAShTIRISh IMKONINI BERUVChI BANKOMATLAR O`RNATILDI(FOTO)

'​TOShKENTDAGI BOZORLARGA PULNI NAQDLAShTIRISh IMKONINI BERUVChI BANKOMATLAR O`RNATILDI(FOTO)'ning rasmi

"Xalq banki" Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxtdagi Oloy, Yunusobod, Qo`yliq bozorlarida bankomatlar o`rnatib chiqildi. Ayni paytda mazkur qurilmalarga tegishli dasturlar o`rnatilmoqda.

«Kun» muxbiri Oloy bozorida bo`lib, bu ma`lumotni tasdiqladi va suratlar taqdim etdi. Ayni vaqtda bozor hududida bitta bankomat mavjud.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, mazkur bankomatlardan bir kishi bir kunda maksimum 100 ming so`m echib olishi mumkin. Bankomatlar dushanba kunidan ishlay boshlaydi.

Kelajakda bunday bankomatlar soni va geografiyasi yanada kengayib borishi rejalashtirilgan. Komissiya bo`lmaydi

    Boshqa yangiliklar