AsosiySUG'DIYONA

Antiqa blinchik — bir xillikdan zerikdingizmi? Unda marhamat!

'Antiqa blinchik — bir xillikdan zerikdingizmi? Unda marhamat!'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 1 litr sut, 3 ta tuxum, 50 grammdan mayonez va o`simlik yog`i, taxminan 2 stakancha un, tuz, shivit; qiyma uchun: 1 kg. tovuq go`shti, 1 donadan piyoz va sabzi, o`simlik yog`i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Shivitni maydalab to`g`rab, tuz va mayonez aralashtiring. Chuqurroq idishda tuxumni atalab, sut qo`shing. 1-2 daqiqa engil aralashtirgach, mayonezni ham qo`shing. Suyuqlik bir tekisda aralashishi uchun mikserdan foydalanganingiz ma`qul. Oxirida o`simlik yog`i va un solib, quyuq aralashma hosil qiling. Avvaldan qizdirilgan tovada an`anaviy tarzda blinchik pishirib oling.

2. Qiymasi uchun chala qaynatib pishirilgan tovuq go`shtini somoncha shaklida to`g`rab, mayda bo`laklangan piyoz bilan qovuring. Tovuq go`shti pishgach, qaynatilgan sabzini to`rtburchak shaklda to`g`rab, qiymaga qo`shing. Tuz va murchdan ta`bingizga ko`ra foydalanishingiz mumkin.

3. Ana endi tayyor blinchiklarni o`raymiz. Buning uchun blinchik o`rtasiga 1 osh qoshiq qiyma solib, atrofini aylanma harakatlar bilan yig`ing. Xamirdan tugun hosil qilib, ko`k piyoz bilan bog`lang. Dasturxonga qaymoq yoki shirin ketchup bilan birga tortishingiz mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa.

    Boshqa yangiliklar