AsosiySavol-javob

​PREZIDENT DEVONI QANDAY MASALALARNI KO`RIB ChIQADI?

'​PREZIDENT DEVONI QANDAY MASALALARNI KO`RIB ChIQADI?'ning rasmi

Prezidentning 28.07.2017 yildagi PQ-3161-son qarori bilan Prezident devonining reglamenti tasdiqlandi, deb yozadi "Norma".

Prezident devoniga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishni tarkibiy tuzilmalar:

Prezidentning Ijro etuvchi apparati;

Prezident devonining xizmatlari;

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati;

Prezident devonining Ishlar boshqarmasi ta`minlaydi.

Ushbu organning ishi uning tarkibiy tuzilmalari to`g`risidagi nizomlar (Prezident tomonidan tasdiqlanadi), ularning ish rejalari (tarkibiy tuzilmalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi) va Prezident devonida hujjatlar bilan ishlash qoidalari asosida tashkil etiladi. Tasdiqlangan ish rejalarining to`liq, o`z vaqtida va natijador ijro etilishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlari shaxsan mas`ul hisoblanadi.

Devonga ko`rib chiqish uchun:

qonunlar loyihalari — kelishish, qonunchilik tashabbusi tartibida kiritish uchun;

qonunlar — imzolash va e`lon qilish uchun;

Prezidentning farmonlari, qarorlari, farmoyishlari loyihalari — imzolash uchun. Qarorlar faqat davlat rahbari tomonidan qabul qilinadigan masalalar ro`yxatibu erda;

Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari loyihalari –kelishish uchun. Majburiy kelishiladigan masalalar ro`yxatibu erda;

Prezident va uning devoni nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga tayinlash, tasdiqlash, taqdim etish, kelishish va lavozimidan ozod etish uchun nomzodlar bo`yicha takliflar;

Davlat mukofotlari bilan taqdirlash, oliy harbiy va maxsus unvonlarni berish, ulardan mahrum etish, shuningdek davlat mukofotlarini berish to`g`risida taqdimnomalar;

fuqarolik va siyosiy boshpana berish masalalari bo`yicha murojaatlar;

O`zbekiston sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etishga oid murojaatlar;

chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan alohida toifadagi mansabdor shaxslarning xizmat safarlariga chiqishi to`g`risida takliflar;

O`zbekistonning jismoniy va yuridik shaxslarining murojaatlari kiritiladi.

Reglament yuqorida keltirilgan masalalarni ko`rib chiqishda Prezident devoni vakolatlarini amalga oshirishning batafsil mexanizmlarini saqlaydi.

    Boshqa yangiliklar