AsosiyShou-biznes

​OZODBEK NAZARBEKOV: "MENDIRMAN" KLIPIGA QOLDIRILGAN IZOHLARNI O`QIB, 1 SOAT YIG`LADIM

'​OZODBEK NAZARBEKOV: "MENDIRMAN" KLIPIGA QOLDIRILGAN IZOHLARNI O`QIB, 1 SOAT YIG`LADIM'ning rasmi

O`zbekiston xalq artisti, madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov "Mendirman" tarixiy klipining yaratilishi va u haqdagi fikrlar haqida gapirdi.

"'Mendirman' klipi orqali o`zimiz o`ylagan g`oyaning 70 foizini xalqqa etkazib berdik deb o`ylayman. Chunki biz qilgan darajani 30 foizi ham qilinmagan hali bizda. Bu birinchi tarixiy klip bo`lgani uchun kamchiliklar bo`lishi tabiiy. Sababi, bu ishga klipning barcha ijodkorlari, xususan men ham birinchi bor qo`l urishimiz. Shuning uchun biz hozir yutuqdamiz, deb bemalol ayta olamiz. Umuman, qo`shiq musiqasi ustida, klip g`oyasi, har bir kadr ustida katta mehnat qilindi. O`sha hamma qiyinchilardan o`tib, klip prem`erasining ikkinchi kuni tunda Youtube`dagi izohlarni o`qib, to`g`risi men bir soat rosa yig`ladim. Chunki u erda 'Onajonim, Vatanim,azizim, men seni yaxshi ko`raman, seni yaxshi ko`raman, senga jonim fido bo`lsin, agar o`g`il ko`rsam ismini Jaloliddin qo`yaman', degan so`zlar bor edi. Hattoki, 'Bugun mana shu klipni ko`rib, ilk marotaba o`zbek ekanligimdan faxrlandim' degan izohlar qoldirdi. Demak, u inson 'Qaerdan ham o`zbek bo`lib tug`ilgan ekanman', deb yurgan ekan shu vaqtgacha. Mana shu fikrlar mening charchog`imni chiqarmoqda",—deydi Ozodbek Nazarbekov.

Ma`lumot uchun, Ozodbek Nazarbekovning "Mendirman" klipi Youtube`ga 2 avgust kuni joylashtirilgan. Shu paytga qadar mazkur klip salkam 500 ming marta tomosha qilingan.

    Boshqa yangiliklar