Xitoylik ayol yangi tug`ilgan qizchasini mehribonlik uyiga topshirish uchun kurerlik xizmatidan foydalanishga qaror qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, ayol pochtaga plastik paket ko`tarib kelgan. Paket qimirlab, ichidan bola yig`isi eshitilgan. Kurer paket ichini tekshirib ko`rmoqchi bo`lganda, ayol bunga yo`l qo`ymagan. Shundan keyin kurer polisiyaga qo`ng`iroq qilgan.
Qizcha kasalxonaga yuborildi. Shifokorlar uning tug`ilganiga bir necha kun bo`lganligini, hozirda ahvoli qoniqarli darajada ekanligini ma`lum qildi. Chaqaloqning onasi qo`lga olindi. U chaqaloqni tashlab ketishda ayblandi. Ayolga besh yilgacha ozodikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin.






