Xitoyning shimoliy-g`arbiy qismida joylashgan Shensi shahrida avtobus ishtirokida sodir bo`lgan YTHda 36 kishi halok bo`ldi, 13 kishi tan jarohati oldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizildi. Avtobus 10 avgust kuni Chendu shahridan Loyan shahri tomon yo`l olgan. Pekin — Kunmin tez yurar trassasidagi tonnelga kirayotganda avtobus noma`lum sabablarga ko`ra devorga borib urilgan.
Avtobus 51 nafar yo`lovchiga mo`ljallangan bo`lib, unda 49 kishi bo`lgan. Tergov ishlari boshlanib, avtofalokat sabablari o`rganilmoqda.






