AsosiyJamiyat

​SOBIQ MADANIYaT VAZIRI VA UNING BIRINChI O`RINBOSARINI KUZATISh TADBIRI BO`LIB O`TDI

'​SOBIQ MADANIYaT VAZIRI VA UNING BIRINChI O`RINBOSARINI KUZATISh TADBIRI BO`LIB O`TDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida sobiq Madaniyat vaziri Mahmudjon Muratov va uning birinchi o`rinbosari Minhojiddin Hojimatovlarni kuzatuv tadbiri bo`lib o`tdi.Bu haqda vazirlikning Facebook`dagi sahifasida ma`lum qilindi.

Kuzatuv tadbirida yangi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev va uning birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov va markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

Xabarda "sobiq Madaniyat vaziri Mahmudjon Muratov va uning birinchi o`rinbosari Minhojiddin Hojimatovlarni boshqa lavozimga o`tishligi munosabati bilan kuzatuv tadbirini o`tkazildi", deyiladi, biroq Mahmudjon Muratov va Minhojiddin Hojimatovlarning qaysi lavozimga o`tkazilgani haqida ma`lumot keltirilmagan.

    Boshqa yangiliklar