AsosiyDunyo

​ANJELINA JOLI VA BRED PITT MUNOSABATLARINI TIKLAShGA QAROR QILDI

'​ANJELINA JOLI VA BRED PITT MUNOSABATLARINI TIKLAShGA QAROR QILDI'ning rasmi

Anjelina Joli va Bred Pitt bundan bir yil ilgari ajrashgan edi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Bugunga kelib, aktrisa qarori to`g`riligiga shubhalandi. Turmush o`rtog`ining yaxshi tomonga o`zgarishga harakat qilgani unga qattiq ta`sir qildi.

Bir necha oylar mobaynida er-xotin ajrim bo`yicha biror ishni amalga oshirmadi. Ularning atrofidagi yaqinlari ham Anjelina va Bredning ajrashmasligiga ishonch hosil qilmoqda. Bu haqda rasman e`lon qilinganda, mazkur xabardan hech kim hayratga tushmaydi, deb ma`lumot berdi manba.

2016 yilning setyabr oyida Anjelina Joli Bred Pittdan ajrashish uchun sudga ariza bergan edi. Shundan keyin Bred alkogolizm kasalligidan davolanib, tanib bo`lmas darajada ozdi. O`tgan oyning oxirida aktrisa Vanity Fair jurnaliga Bred bilan ajrashgandan keyin kuchli asabiylashish oqibatida sog`ligida jiddiy o`zgarishlar bo`lgani haqida ma`lumot bergan edi.

    Boshqa yangiliklar