AsosiySUG'DIYONA

ChOYDAN ChIROY OLING

'ChOYDAN ChIROY OLING'ning rasmi

Choyning foydali xususiyatlari haqida ko`p gapiriladi. Albatta unda inson organizmi uchun zarur bo`lgan elementlar juda ko`p. Choydan shuningdek, kosmetika sohasida keng ko`lamda foydalaniladi. Quyida ularning ba`zilari bilan tanishasiz.

Sochlar uchun

Sochlaringizni choy bilan yuving, shunda sochlaringiz jilolanib, ko`rkam ko`rinishga ega bo`ladi. Buning uchun 100 g qora choyni 0,5 litr qaynoq suvga damlab qo`ying. Keyin choy shamasini suzib olib, uni 2 litr suvga aralashtiring.

Ushbu tadbirni haftada bir marta qo`llab tursangiz, maqsadga muvofiq bo`ladi.

Choyli vannalar

Choyli vanna foyda beradi. Tanangiz terisini yumshoq qiladi.

Mazkur muolajani bajarishda 0,5 kg ko`k choyni 3 litr suvga damlaysiz. Keyin uni iliq suv to`ldirilgan vannaga quyasiz. Vanna qabul qilish 10 daqiqadan oshmasligi lozim va ushbu tadbirni haftada bir marta qo`llash tavsiya etiladi.

Chehrangiz uchun

Yuz terisini yaxshilash uchun esa paxtani sovuq choyga botirib, yuzingizni, bo`yningizni yaxshilab artib, qurishini kuting. Yuzingizni qayta yuvib tashlamasangiz ham bo`laveradi.

Bu borada bir damlama ko`k choyni choynakka solib damlaysiz va imkon qadar har ikki kunda ushbu muolajani takrorlab turasiz.

    Boshqa yangiliklar