Qon guruhi bo`yicha tutiladigan parhez haqida eshitganmisiz? Har bir qon guruhiga foydali va zararli bo`lgan mahsulotlar haqida bilishni istasangiz marhamat.
I qon guruhidagi insonlar uchun parhez
Dunyoning 33,5 foizini I qon guruhdagi insonlar tashkil etadi. Bu guruh vakillari kuchli ovqat hazm qilish va immun tizimi bo`yicha ajralib turishadi. Ularga quyidagicha parhez tavsiya etiladi.
Foydali mahsulotlar – go`sht, baliq, sabzavot va mevalar (nordon mevalardan tashqari), ananasni sanab o`tiladi.
Iloji boricha karam, bug`doy, jo`xori, tuzlangan mahsulotlar, ketchuplarni kamroq iste`mol qilish kerak.
Ortiqcha vazndan qutulishdagi tavsiya: qalqonsimon bez faoliyati uchun dengiz mahsulotlari va yodlangan tuz, moddalar almashinuvi uchun jigar, go`sht, qo`ziqorin iste`mol qilish kerak.
II qon guruhidagi insonlar uchun parhez
Dunyoda II qon guruhiga tegishli bo`lgan insonlar 37,8 foizini tashkil etadi. Bu guruh a`zolarini kuchsiz immun tizimi asab kasalliklariga
Foydali mahsulotlar - barcha sabzavotlar. Sut mahsulotlari, yorma.
Iloji boricha go`sht, shirinliklar, qalampir, muzqaymoq, shakar, jo`xori va eryong`oq yog`i chegaralash kerak.
Ortiqcha vazndan qutulishdagi tavsiya: zaytun va pista yoQi.
III qon guruhidagi insonlar uchun parhez
Ularga aralash turdagi parhez tutish tavsiya etiladi.
Foydali mahsulotlar deya go`sht, baliq, yog`siz qatiq, tuxum, yorma, meva va sabzavotlarni sanab o`tish mumkin.
Iloji boricha tovuq go`shti, kokos eyish tavsiya etilmaydi.
Ortiqcha vazndan qutulishdagi tavsiya: ko`katlar, go`sht, tuxum, sut mahsulotlari, jigar.
IV qon guruhidagi insonlar uchun parhez
Bu guruh vakillari kuchsiz immun tizimi bilan ajralib turishadi.
Ular uchun foydali mahsulotlar baliq, tovuq go`shti, sut mahsulotlari, zaytun yog`i, eryong`oq, yormalar, sabzavot va mevalar.
Ortiqcha vazndan qutulishdagi tavsiya: dengiz mahsulotlari, sut mahsulotlar, ko`katlar.






