AsosiyDunyo

20 YoShLI QIZNI ESLATUVChI ITALIYaLIK AYoL ASLIDA NEChA YoShDA?

'20 YoShLI QIZNI ESLATUVChI ITALIYaLIK AYoL ASLIDA NEChA YoShDA?'ning rasmi

58 yoshli italiyalik Pamela Prati(Pamela Prati) Instagram ijtimoiy tarmog`ining yangi yulduziga aylandi, deb xabar berdi Cosmo.ru nashri.

Suratlarni tomosha qilgan odam Pamela Pratini 20 yoshli qiz, deb o`ylaydi. U yoshligida mashhur insonga aylanib, shou-biznesda faoliyat yuritishni orzu qilardi. Pamela o`zini xonandalikda, teleboshlovchilikda va modellikda sinab ko`rganiga qaramay, o`zi kutgan mashhurlikka erisha olmadi. Ammo u 50 yoshga to`lgach, birdan mashhur insonga aylandi. Ayni paytda uning Instagram sahifasida 130 ming nafar kuzatuvchi mavjud, ularning soni kundan-kunga ortib bormoqda. Pamela matbuot va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining o`ziga nisbatan qiziqishidan hayratga tushdi.

Pamela jurnalistlar bilan bo`lgan uchrashuvda hech qachon plastik operasiyani boshdan kechirmaganligini ma`lum qildi. Ayolning aytishicha, u sog`lom turmush tarziga rioya qiladi, sport bilan shug`ullanadi, nafaqat yuz terisini, balki tana terisini ham parvarish qiladi. Pamella hamon quyosh vannasidan voz kecha olmayotganligini “eng katta aybim”, deb atadi. Quyosh vannasi tufayli uning terisi bug`doy rangga kirgan.

    Boshqa yangiliklar