Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev qurilish sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risidagi farmonga imzo chekdi, deb xabar qiladi Uzbekistan24.
“Mamlakatimiz qurilish sohasidagi ko`p yillik samarali mehnati, mustaqillik yillarida respublikamizda amalga oshirilgan keng ko`lamli bunyodkorlik ishlariga qo`shgan munosib hissasi, qurilish industriyasi va milliy me`morchilikni rivojlantirish, tizimga ilg`or texnologiyalarni joriy etish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, zamonaviy bino va inshootlarni barpo etish, shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o`zgartirish, sohaga oid davlat dasturlari ijrosini ta`minlash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlansin”, — deyiladi farmonda.
Mukofotlanganlar ro`yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan quruvchi»
Xushanov Nuritdin Nurjanovich - Nukus shahridagi «Jayxun universal qurilish» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qoraqalpog`iston Respublikasi
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Babajanov Bekpo`lat Xayitovich - Shovot tumanidagi «Shovot temir-beton» xususiy korxonasi bosh muhandisi, Xorazm viloyati
Magrupov Yuldash Dadajanovich - «Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish davlat instituti» davlat unitar korxonasi bosh direktori
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Axmedov Baxtiyor Ag`zamovich - Jizzax shahridagi «Agrokvant» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati
Raxmanov Alisher Raximovich - Olmazor tumanidagi «Ijod-ijod» xususiy korxonasi bosh direktori, Toshkent shahri
Samatov Baxodir Umarxanovich - Namangan shahridagi «Dizayn taraqqiyot» xususiy korxonasi rahbari, Namangan viloyati
Yuldashev Olimdjan Madjidovich - «O`zog`irsanoatloyiha» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori
«Do`stlik» ordeni bilan
Parmonov Muxtorali Oripovich - Marg`ilon shahridagi «Fayz-Binokor Oltiariq» xususiy qurilish-montaj korxonasi bosh muhandisi, Farg`ona viloyati
Saidov Nuriddin Navruzovich - Buxoro tumanidagi «Bunyodkor Izatillo Soxtimon» xususiy korxonasi rahbari, Buxoro viloyati
Turdiev Abduqahor Abduqodirovich - Shayxontohur tumanidagi «Karat proekt» mas`uliyati cheklangan jamiyati loyihalar
bosh arxitektori, Toshkent shahri
Xojiboev Rustambek Tojiboevich - Bo`z tumanidagi «Ixtisoslashgan Shahrixon qurilish» ixtisoslashtirilgan qurilish-ta`mirlash xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati
Yaroshenko Aleksandr Nikolaevich - «O`zmaxsusmontajqurilish» aksiyadorlik kompaniyasining «93-maxsus trest» aksiyadorlik jamiyati bosh payvandlovchisi
«Shuhrat» medali bilan
Begmatov Samandar Maxamovich - Xatirchi tumanidagi «Xatirchi servis» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati
Bozarqulov Fozil Radjabovich - Termiz shahridagi «Termiz-ta`minot» sanoat qurilish-ta`minot xususiy korxonasi direktori, Surxondaryo viloyati
Vafoev Sherzod Suleymanovich - Sirdaryo tumanidagi «Bekzodsher qurilish servis» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori,
Sirdaryo viloyati
G`apparov Voxidxon G`anievich - Namangan tumanidagi «Rovuston qurilish servis» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati
Razikov Kaxramon Tuxtaevich - Narpay tumanidagi «Narpay standart qurilish» xususiy korxonasi rahbari, Samarqand viloyati
Urazbaev Madiyar Sarsenbaevich - Nukus shahridagi «317-ko`chma mexanizasiyalashgan kolonna» mas`uliyati cheklangan jamiyati raisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Xalilov Jabbor Ibrogimovich - Koson tumanidagi «Pudina Quvonchbek» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qashqadaryo viloyati
Xudayberganov Axmadali - Chinoz tumanidagi «33-xo`jaliklararo ko`chma mexanizasiyalashgan kolonna» mas`uliyati cheklangan jamiyati raisi, Toshkent viloyati
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev






