AsosiyJamiyat

​TUZATISh: KVOTA DOIRASIDA BOShQA RAQOBATChISI BO`LMASA HAM, 68 BALLDAN KAM NATIJAGA EGA BO`LGAN ABITURIENT TALABALIKKA QABUL QILINMAYDI

'​TUZATISh: KVOTA DOIRASIDA BOShQA RAQOBATChISI BO`LMASA HAM, 68 BALLDAN KAM NATIJAGA EGA BO`LGAN ABITURIENT TALABALIKKA QABUL QILINMAYDI'ning rasmi

Avvalroq «Xushnudbek.uz» va Xushnud Xudoyberdievning Facebook’dagi sahifasiga tayanib, 1 avgust imtihonlarida qayd etgan natijasidan qat`i nazar 49 nafar abiturient davlat granti, 15 nafari esa to`lov kontrakti asosida o`qishga qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.

Xushnud Xudoyberdiev bu xabarlarga aniqlik kiritdi. Davlat test markazining vakiliga tayanib, ma`lum qilishicha, 68 balldan (maksimal ballning 30 foizi) kam to`plagan abiturientlar kvota doirasida boshqa raqobatchisi bo`lmasa ham, talabalikka qabul qilinmaydi.

Avval, ya`ni testdagi javob variantlari 5 ta bo`lgan paytda minimum ball 56 qilib belgilangan, keyinchalik 4 ta variantli test tizimiga o`tilgach, ushbu chiziq 68 ball qilib belgilangan.

«Bunday qoida bironta rahbariy Nizomlarda belgilanmagan. Biroq har yili Davlat komissiyasining bayonnomasi bilan shunday minimum chiziq tasdiqlanar ekan.

Eng qiziq joyi, Davlat komissiyasining qarorlari xizmat doirasida foydalanish uchun chiqariladi va hech qaerda e`lon qilinmaydi. Shu sababli ham quyidagi maqolada «necha ball olishidan qat`i nazar» deb adashgan ekanman. Buning uchun uzr so`rayman», — degan huquqshunos o`z sahifasida qoldirgan postida.

Bundan kelib chiqadiki, avvalgi xabarda sanab o`tilgan 64 nafar abiturient talaba bo`lganligiga ishonch hosil qilishi uchun imtihon javoblarini kutishga to`g`ri keladi.

    Boshqa yangiliklar