Suriya harbiy xizmatchilari Xoms provinsiyasining sharqiy qismidagi “Islom davlati” terrorchilik guruhi jangarilariga hujum qildi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Hujum oqibatida Suriya armiyasi 80 nafardan ortiq terrorchini yo`q qilishga muvaffaq bo`ldi. Hukumat qo`shinlari “Islom davlati” terrorchilik guruhining tayanch shahri bo`lgan As-Suxna shahriga hujum qildi. Mazkur shahar Xoms provinsiyasining yirik shahri hisoblanadi.






