2017 yilning 08 avgust kuni Toshkent shahri hududida 8 ta yo`l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo`l-transport hodisasida 6 nafar shaxslar tan jarohati olgan, 2 nafar shaxs vafot etgan.
Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
2017 yilning 08 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2583 ta huquqbuzarliklar bo`yicha ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo`lib, shulardan, 720 tasini qo`pol turdagi, 19 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 08 avgust kuni jami 783 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo`lib, shulardan 459 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog`iga bo`ysunmasdan harakatlanish, 324 tasini belgilangan me`yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.






