Oq uy hududiga AQSh prezidenti Donald Trampga o`xshab sochini orqaga taragan ulkan puflama jo`ja o`yinchoq o`rnatildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Sietllik rassom Keysi Latiolays tomonidan loyihalashtirilgan, Xitoyda yasalgan ulkan jo`ja Oq uyning janubiy qismiga, Vashington haykalidan uzoq bo`lmagan joyga o`rnatildi. Puflama jo`ja egasi, hujjatli filmlar rejissyori Tarang Sing Brer bu bilan u AQSh prezidentining “ojiz va xalqqa foydasi tegmaydigan rahbar” ekanligini isbotlamoqchi bo`lganligini ma`lum qildi.
Brerning fikricha, Tramp o`zining soliq deklarasiyasini xalqqa oshkor etishdan judayam qo`rqadi, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi hech narsa qilolmaydi va Shimoliy Koreya bilan bahslashishdan charchamaydi. Brer puflama jo`jani o`rnatish uchun Maxfiy xizmat va Milliy bog` xizmatidan ruxsatnoma oldi. Mazkur puflama jo`jalardan Trampga qarshi o`tkazilgan norozilik namoyishlarida foydalanilgan edi. Namoyishchilar Trampdan o`zining soliq deklarasiyasini oshkor etishni talab etishgan edi.






