Voqea joyida tezkor-tergov guruhi ish olib bormoqda, halok bo`lganlarning shaxsi aniqlanmoqda, hodisa tafsiloti o`rganilmoqda, Tvzvezda.ru nashri.
Bugun, 10 avgust kuni tongda Rossiyaning Chita shahridagi Olimpiya ko`chasida joylashgan metal qabul qilish punktidagi portlash oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Voqeaga guvoh bo`lganlar metall qabul qilish punktida noma`lum jismning portlashi oqibatida bir kishi yaralanganligini, ikki kishi halok bo`lganligini ma`lum qilishdi.
Voqea joyiga tez yordam brigadasi, o`t o`chirish, xuquq-tartibot idorasi xodimlari etib keldi. Ayni paytda halok bo`lganlarning shaxsi aniqlanmoqda.






