AsosiyJamiyat

​YaKKASAROYDA ROSSIYa FUQAROLIGINI OLIB BERISh UChUN 2500 DOLLAR OLGAN FIRIBGAR UShLANDI

'​YaKKASAROYDA ROSSIYa FUQAROLIGINI OLIB BERISh UChUN 2500 DOLLAR OLGAN FIRIBGAR UShLANDI'ning rasmi

Yakkasaroy tumanida o`tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida Yakkasaroy tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Rossiya Federasiyasining fuqaroligini olishga kerakli bo`lgan hujjatlarni rasmiylashtirishga va davlat bojlarini to`latib berishga va`da qilib, 2.500 AQSh dollarini olib, o`z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan shaxs qo`lga olindi.

Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi "Darakchi.uz"ga xabar berdi.

Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko`chasida joylashgan “La-Bufet” nomli kafeda, 1966 y.t. Yashnobod tumanida yashovchi Kolesov Vladimir, 1963 y.t. fuqaro Sh.O.ga Rossiya Federasiyasining fuqaroligini olishga kerakli bo`lgan hujjatlarni rasmiylashtirishga va davlat bojlarini to`latib berishga va`da qilib, 2.500 AQSh dollarini olib, o`z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlanib, ushlandi.

Yakkasaroy tuman IIB tomonidan fuqaro Kolesov Vladimirga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-m. 1-q. bilan jinoyat ishi ko`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar