AsosiyDunyo

​YoNG`INDA BUTUNLAY YoNIB KETGAN MODEL — TURIYa PITT YaQINDA ONA BO`LADI

'​YoNG`INDA BUTUNLAY YoNIB KETGAN MODEL — TURIYa PITT YaQINDA ONA BO`LADI'ning rasmi

Turiya Pitt avstraliyalik model bo`lib, uning hayoti ikkiga — dahshatli yong`ingacha va dahshatli yong`indan keyinga bo`linadi, deb xabar berdi Cosmo.ru nashri.

Qiz 2011 yilda Racing The Planet marafonida ishtirok etganida kuchli yong`in ko`tarilgan edi.. Turiya va marafonning bir necha ishtirokchilari yong`in markazida qolib ketgan edi. Turiya tirik qolganiga qaramay, tanasining 70 foizi kuyib ketdi.

Qiz o`nlab teri ko`chirish operasiyalarini boshdan o`tkazdi, oyoqqa turishiga esa ikki yil vaqt kerak bo`ldi. Turiya o`ng qo`lidagi barcha barmoqlaridan, chap qo`lidagi ikki barmog`idan ayrildi. U nafaqat kuchli og`riqdan, balki boshiga tushgan falokatdan depressiyaga tushib qoldi. Shunda unga maktabda birga o`qigan do`sti Maykl Xoskin yordam berdi. Maykl qizning yonida bo`lish uchun hatto ishidan ham voz kechdi.

Oradan 6 yil o`tgach, qizning hayoti izga tushdi. Turiya sevgan insoni – Maykl Xoskinga turmushga chiqdi, yaqinda u ona bo`ladi. Bu haqda Turiya Instagram ijtimoiy tarmog`ida ma`lum qildi.

2014 yilning iyun oyida modelning surati The Australian Women’s Weekly jurnali muqovasida chop etildi. Pitt bir necha marotaba mahalliy teleshoularda ishtirok etdi, u haqda hujjatli film suratga olindi. Qizning o`zi dahshatli voqeadan keyingi hayoti haqida Everything to Live For nomli kitob yozdi.

    Boshqa yangiliklar