AsosiyJamiyat

​ BOSh VAZIR ABDULLA ARIPOV QIRG`IZISTONGA TAShRIF BUYuRADI

'​ BOSh VAZIR ABDULLA ARIPOV QIRG`IZISTONGA TAShRIF BUYuRADI'ning rasmi

O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg`izistonga boradi.

Bu haqda Qirg`iziston hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aripov 15—17 avgust kunlari Cho`lpon-Otada bo`lib o`tadigan hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Qirg`iz hukumatining ta`kidlashicha, mamlakat bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov o`zbekistonlik hamkasbi bilan telefon orqali suhbatlashgan. Bosh vazirlar ikki tomonlama hamkorlik hamda o`zbek-qirg`iz davlat chegaralarining delimitasiya va demarkasiyasi bo`yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig`ilishiga doir tayyorgaliklarni muhokama qilgan.

«Biz sizni va O`zbekiston delegasiyasini Qirg`izistonda ko`rishdan xursand bo`lamiz», — deya ta`kidladi Jeenbekov.

Aripov joriy yilning oktyabr oyida Qirg`izistonda o`zbek madaniyati Kunlarini o`tkazilishiga tayyor ekanliklarini tasdiqladi. Shuningdek, Abdulla Aripov 3 avgust kuni Issiqko`l viloyatida sodir bo`lgan avariyada jabrlangan o`zbeklarga o`z vaqtida yordam ko`rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Sooronbay Jeenbekov ham o`z navbatida O`shda 630 o`quvchiga mo`ljallangan maktabning qurilishiga yordam bergani uchun o`zbek hukumatiga tashakkur izhor etdi.

    Boshqa yangiliklar