AsosiyDunyo

​BOShLOVChI ALEKSANDR OLEShKO BIRINChI KANALNI TARK ETADI

'​BOShLOVChI ALEKSANDR OLEShKO BIRINChI KANALNI TARK ETADI'ning rasmi

Rossiya televideniesi Birinchi kanalining matbuot xizmati boshlovchi Aleksandr Oleshko bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinganligini tasdiqladi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Birinchi kanal uzoq vaqtlardan beri “Toch-v-toch” shousida va telekompaniyaning boshqa loyihalarida boshlovchilik qilgan Aleksandr Oleshkoning ketish sababiga izoh berdi. Matbuot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, aktyorga mos bo`lgan boshqa loyiha yo`qligi tufayli shartnoma uzaytirilmagan. Aleksandr Oleshko endi “Birinchi kanal” xodimi hisoblanmaydi.

OAVlarda teleboshlovchi NTV kanalida mehnat faoliyatini davom ettirishi haqidagi xabarlar tarqalganiga qaramay, mazkur ma`lumot o`z tasdig`ini topgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar