AsosiyJamiyat

ChILONZOR TUMANIDA QO`ShMAChILIK BILAN ShUG`ULLANGAN AYoL QO`LGA OLINDI

'ChILONZOR TUMANIDA QO`ShMAChILIK BILAN ShUG`ULLANGAN AYoL QO`LGA OLINDI'ning rasmi

Toshkent shahar Chilonzor tuman IIBda o`tkazilayotgan “Tozalash” tadbirida profilaktika inspektorlari tomonidan qo`shmachilik bilan shug`ullangan ayol qo`lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Chilonzor tumanida 6 avgust kuni soat 21:00da, Muqimiy ko`chasi 175-uy oldida, 1984 y.t. Farg`ona viloyati Beshariq tumanida yashovchi G.Soyibboeva 200.000 so`m pul evaziga, 1990 y.t. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi J.S. va 1997 y.t. Yashnobod tumani Aviasozlar ko`chasida yashovchi B.S.larga jinsiy aloqa qilishlari uchun qo`shmachilik qilganligi aniqlandi. Daliliy ashyo sifatida 200.000 so`m pul olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB tomonidan fuqaro G.Soyibboevaga nisbatan O`zR JKning 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar