6 avgust, yakshanba kuni Farg`ona viloyati Quva tumani Mingchinor qishlog`ida mudhish YTH sodir bo`ldi.
Guvohlarning so`zlariga ko`ra, soat 20:30 larda Damas va Captiva to`qnashib ketgan. To`qnashuvdan so`ng Damas yona boshlagan. Yong`in oqibatida Damas haydovchisi va uning uch nafar yo`lovchisi tiriklayin yonib ketgan.
"1news.uz"ning xabar berishicha, hozirda mazkur holat bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






