Chita shahar polisiyasi axlat konteyneridan topilgan chaqaloqning onasini qidirmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Voqea kecha ro`y berganiga qaramay, bu haqda bugun ma`lum bo`ldi. Voyaga etmagan qiz dahshatli voqeaning guvohi bo`ldi. U axlat konteyneridan karton quti ichida bo`lgan o`g`il bola chaqaloqni topdi. Chaqaloq ovozini eshitgan qiz, o`ylanib o`tirmay, bolani karton qutidan chiqarib, uyiga olib keldi.
Qiz chaqaloqning kidigini bog`lab, tez yordamga qo`ng`iroq qildi. Voqea joyiga etib kelgan tibbiyot xodimlari chaqaloqning ahvolini qoniqarli, deb topishdi. Ma`lum bo`lishicha, bola dunyoga kelganidan keyin ikki soat o`tgach, axlatga tashlangan.






