AsosiyDunyo

​NOMA`LUM ShAXSLAR DINOZAVRLARNING BOShLARINI “TANASIDAN JUDO QILDI”

'​NOMA`LUM ShAXSLAR DINOZAVRLARNING BOShLARINI “TANASIDAN JUDO QILDI”'ning rasmi

Avstraliya Milliy muzeyida saqlanayotgan dinozavrlar qimmatbaho modellarining boshlarini noma`lum shaxslar “tanasidan judo qildi”, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, dinozavrlar ekspozisiyaning ko`cha qismida turgan. Ularning oldiga borish uchun jinoyatchilar balandligi 1,2 metr bo`lgan devordan oshib o`tishgan. Polisiya dinozavrlarning boshlari qo`l arra yordamida kesilgan, deb taxmin qilmoqda.

Voqea shanba kuni ro`y berdi. Ayni paytda dinozavrlarning boshlari va jinoyatchilar topilgani yo`q. Muzey xodimlarining aytishicha, muzey bir necha ming dollar moddiy zarar ko`rgan. Bu muzey tarixida ro`y bergan to`rtinchi jinoyatdir. 2013 yilda ham ekspozisiyaning ko`cha qismida joylashgan dinozavrlar o`g`irlab ketilgan edi.


    Boshqa yangiliklar