AsosiyDunyo

​XITOYLIK SAYYoHGA “166 YILLIK” SOXTA VISKI 9999 ShVEYSARIYa FRANKIGA SOTILDI

'​XITOYLIK SAYYoHGA “166 YILLIK” SOXTA VISKI 9999 ShVEYSARIYa FRANKIGA SOTILDI'ning rasmi

166 yillik viski deb aldab sotilgan soxta viskini tatib ko`rish uchun xitoylik sayyoh 10 ming dollardan ortiq pul to`ladi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Xitoylik, 27 yoshli sayyoh yigit 1878 yilda tayyorlangan deyilgan, 200 millilitrli Macallan viskisi uchun 9999 shveysariya frankini to`ladi. Voqea Shvesariyaning Sankt-Moris kurort shahridagi Waldhaus Hotel am See otelida ro`y berdi. Whiskyexperts.net portali ichimlikning haqiqiyligidan shubhalandi.

Otel menejeri Sandro Bernaskoning ma`lum qilishicha, u viskining soxtaligidan bexabar bo`lgan. Sandro Bernako ichimlikni ekspertizaga topshirishga rozi bo`ldi va bu ishni amalga oshirish uchun Shotlandiyadan maxsus mutaxassis topdi. U agar viskining soxtaligi tasdiqlansa, mijozga viski uchun sarflagan puli qaytarilishini, viskini sotgan sotuvchi bilan sudlashishini bildirdi.

Mazkur hodisa yuz bergan Davil's Place bari Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan. Barda 2,5 mingdan ortiq viski turlari sotiladi. “Spektr” va “Skayfol” filmlarida Jeyms Bondning aynan Macallan viskisini iste`mol qilgani namoyish etilgan.

    Boshqa yangiliklar