AsosiyDunyo

BRITANIYa QAHVAXONALARIDAN BIRIDA ARVOH AYoLNING QIChQIRIG`I EShITILDI (VIDEO)

'BRITANIYa QAHVAXONALARIDAN BIRIDA ARVOH AYoLNING QIChQIRIG`I EShITILDI (VIDEO)'ning rasmi

33 yoshli liverpullik Shon Reynolds Katta Manchester grafligidagi Oltringerm shahridagi XIX asrga tegishli qahvaxonada noma`lum ayolning qichqirig`ini videoga oldi, deb xabar qildi Vesti.ru nashri.

Shonning aytishicha, bu qichqiriq bundan bir necha yillar ilgari noxaq qotillikda ayblanib, jazolangan mahalliy ayolning arvohiga tegishlidir.

Quyidagi videodan ayolning “Men hech qachon...” (“I never”) degan ovozini eshitish mumkin. Mazkur video qadimiy Old Market Tavern qahvaxonasida suratga olingan.

Videorolik muallifi Shon Reynolds mazkur qahvaxona o`zining “mistik” obro`si bilan nom qozonganligini, shuning uchun bu erga bir o`zi kelishni istamasligini ma`lum qildi. Bu erdagi g`alati voqealar haqida odamlar orasida turli mish-mishlar yuradi, bunday voqealar haqiqatan ham yuz berishini qahvaxona xodimlari ham tasdiqlaydi.

Shon va uning rafiqasi Rebekka paranormal hodisalarni o`rganish bilan shug`ullanadi. Mazkur mavzuni chuqurroq o`rganish uchun ular hatto farzandlari bilan birga qabristonga ko`chib o`tishga ham qaror qilishgan edi.


    Boshqa yangiliklar