AsosiySport

DIEGO SIMEONE “ATLETIKO” BILAN ShARTNOMASINI UZAYTIRDI

'DIEGO SIMEONE “ATLETIKO” BILAN ShARTNOMASINI UZAYTIRDI 'ning rasmi

Madridning “Atletiko” jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone amaldagi klub bilan shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

Cadena Ser radioasining ma`lum qilishicha, argentinalik mutaxassis kelishuv muddatini yana ikki yilga, ya`ni 2020 yilgacha uzaytiradi. Uning amaldagi shartnomasi 2018 yil yoziga qadar mo`ljallangan.

Bir muddat avval Diego Simeone “Atletiko”da shartnomasini oxiriga etkazib, Milanning “Inter” jamoasini o`z boshqaruviga qabul qilib olishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Boshqa yangiliklar