AsosiySport

ICC–2017. “BAVARIYa” JAMOASI “ChELSI”NI MAG`LUBIYaTGA UChRATDI (VIDEO)

'ICC–2017. “BAVARIYa” JAMOASI “ChELSI”NI MAG`LUBIYaTGA UChRATDI (VIDEO)'ning rasmi

Singapur mamlakatida International Champions Cup turnirining navbatdagi o`yinlari bo`lib o`tdi. Angliya chempioni “Chelsi” bu safar Germaniya chempionati g`olibi “Bavariya”ga qarshi bahs olib bordi.

Gollarga boy kechgan o`yinda myunxenliklar 3:2 hisobida zafar quchdi. Qayd etish kerakki, London klubi safida Alvaro Morata ilk o`yinini o`tkazdi.

Chelsi (Angliya) – Bavariya (Germaniya) 2:3 (1:3, 1:0)

Gollar: 0:1 – 6 Rafinya, 0:2 – 12 Myuller, 0:3 – 27 Myuller, 1:3 – 45 Alonso, 2:3 – 85 Batshuayi.

Ogohlantirish: Mozes (29).

Chelsi – Kurtua (Eduardu, 76), Keyxill, Kristensen (David Luiz, 63), Aspilikueta, Alonso (Tomori, 76), Fabregas (Pashalich, 86), Mozes, Villian,Kante, Boga (Morata, 63), Batshuayi (Beyker, 86).

Bavariya – Shtarke (Fryuxtl, 46), Martines, Xummels, Rafinya (Getse, 63), Fridl, Tolisso (Pantovich, 63), Xames, Sanshesh, Riberi (Dorsh, 81),Levandovski (Koman, 46), Myuller (Vinsxaymer, 81).

Boshqa yangiliklar