AQShning Kanzas shtatida yashovchi yigit Manxettendagi Fort-Rayli harbiy bazasida terakt uyushtirishga harakat qilgani uchun sud uni 30 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi Russian.rt.com
22 yoshli Jon Buker amerikaliy harbaylarni o`ldirish orqali “Islom davlati” terrorchilik guruhiga yordam berish maqsadida teraktni amalga oshirmoqchi bo`lganligini tan oldi. Rejaga ko`ra, u xudkush-tarrorchi bo`lishi lozim edi. Jon Buker 2015 yilning aprel oyida qo`lga olinganiga qaramay, hukm endi o`qildi.






