Toshkent shahrining Mirobod tumanida noma`lum shaxs Sayxun ko`chasida yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan B.Sning uyiga erkin yo`l orqali kirib, yotoqxonasidagi shkaf ichidan umumiy qiymati 8.250.000 so`mlik 5 turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini o`g`irlab ketgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Buni qarangki, ushbu jinoyatni 21 yoshli yigit va 20 yoshli qiz sodir etgan ekan. Ya`ni Farg`ona tumanida yashovchi F.Yu va Sirdaryo tumanida yashovchi Z.T lar ekanligi aniqlanib, ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.






