Turkiyaning janubi-sharqiy qismida joylashgan Gaziantepa provinsiyasining Qarqamish shahrida turk va italiyalik arxeologlar hamkorligida o`tkazilgan qazishma ishlarida qadimgi smaylik aks etgan ko`za topildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Bolon universiteti professori Nikolo Markettining so`zlariga qaraganda, tabassum qilayotgan inson yuzi tasvirlangan qadimiy ko`za topilgan. Ko`za eramizdan oldingi 1700 yilga tegishlidir. “Bu ko`zada sharbat, shirin ichimliklar saqlangan. Biz dunyodagi eng qadimiy smaylikni topishga muvaffaq bo`ldik. Usta mazkur rasmni nima maqsadda chizgani noma`lum, ammo biz uni tabassum, deb atadik”, dedi Marketti.
Ko`za Gaziantepa arxeologik muzeyiga topshiriladigan bo`ldi.





