Xitoy hukumati 2017 yilning 6 oyi mobaynida turli darajadagi 210 nafar amaldorni korrupsiyada ayblab, jazoladi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Bu haqda Xitoy respublikasining tartib-intizomni tekshiruvchi markaziy komissiyasi bayonotida ma`lum qilindi.
“2017 yilning birinchi yarmida barcha darajadagi antikorrupsion instansiyalarga umumiy hisobda 1,31 millionta ariza kelib tushdi. Ularga asosan 260 ta intizomiy ish ko`rib chiqildi. Mazkur ishlarga asosan 210 nafar amaldor jazolandi, ulardan 176 ming nafaridan qarzdorlik undirildi”, deyilgan bayonotda.
Intizomiy jazoga tortilgan qonunbuzar amaldorlarning 38 nafari yuqori lavozimda turli vazirlik va provinsiya ma`muriyatida, mingga yaqini esa davlat tashkilotlarida ishlagan. Korrupsiyaga qarshi kurash 2012 yilda hukumat tepasiga XXR raisi Si Szinpin kelgach, avj oldi. Ayni paytda Pekin chet el davlatlari bilan qochib ketgan amaldorlarni ekstradasiya qilish masalalari bo`yicha muzokaralar olib bormoqda.






