Toshkent shahrida joylashgan “Novza” jome` masjidida katta ko`lamdagi qurilish ishlari amalga oshiriladi.
Joriy yilning 19 iyul erta tongdan O`zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent shahar vakilligi hamda keng jamoatchilik masjidda amalga oshiriladigan qurilish-ta`mirlash ishlarini boshlash uchun yig`ildilar, bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita Islamcenter.uz nashriga tayangan holda xabar berdi.
Masjidning hovlisiga namozxonlar uchun zamonaviy talablar asosida ayvon quriladi. Shuningdek, masjid tahoratxonasini yangidan qurish rejalashtirilgan.
Ma`lumki, mazkur masjid respublikamizdan “haj” va “umra” safariga otlanayotgan ziyoratchilar uchun so`nggi kuzatish maskani ham hisoblanadi. Shuning uchun bu erda ayollar uchun alohida tahoratxonalar ham bo`lishi hisobga olingan.
Masjidning qurilish-ta`mirlash ishlari istiqlolimizning yigirma olti yillik to`yi arafasida bitkazish rejalashtirilgan.






