Prezident Shavkat Mirziyoev Yunusobod tumanidagi Islomobod mahallasida bo`ldi.
Mahalla hududidagi Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida 11 yillik maktab ta`limini tashkil etish loyihasi taqdimoti o`tkazildi. Unda mahalla faollari, ota-onalar ishtirok etdi.
Islomobod mahallasida 3 ming 165 aholi istiqomat qiladi. Lekin mahalla hududida maktab yo`q. Yoshlar boshqa mahallalardagi maktablarga qatnashga majbur. Uchrashuvda mahalla faollari, ota-onalar hududdagi Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejini 11 yillik maktabga aylantirish taklifini bildirdi. Prezidentimiz ushbu taklifni ko`rib chiqish uchun mutasaddilarga tegishli ko`rsatmalar berdi.
Davlatimiz rahbariga 11 yillik maktab ta`limi, Mudofaa vazirligi huzurida "Temurbeklar maktabi"ni tashkil etish bo`yicha ishlab chiqilgan takliflar haqida ham ma`lumot berildi.






