Prezident Shavkat Mirziyoev Yunusobod tumanidagi Islomobod mahallasida yashovchi Tohir va Shohista To`laganovlar xonadonida mehmon bo`ldi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaralari, farzandlar tarbiyasi haqida so`z yuritildi. Oiladagi barcha farzandlar hayotda o`z o`rnini topgan.
Oila faxri va farishtasi Shohaydar ota Shoismoilov mamlakatimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga yanada farovonlik, Prezidentimizga sog`lik-omonlik tilab duo qildi.






