AsosiySport

Ashurmatov va Hamdamov jarohati sabab U-23 OCh saralashiga kelmagan

'Ashurmatov va Hamdamov jarohati sabab U-23 OCh saralashiga kelmagan'ning rasmi

Bugun, 15 iyul kuni O`zbekiston yoshlar terma jamoasi 2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23 Osiyo chempionatiga yo`llanma olish uchun saralash bahslarini boshlaydi. Bugun o`zbekistonlik futbolchilarga Livan U-22 termasi qarshilik qiladi.

Avval xabar berilganidek, Ravshan Haydarov mazkur musobaqaga 22 futbolchini jalb qilgan. Ular orasida esa “Bunyodkor”ning ikki futbolchisi Rustam Ashurmatov va Doston Hamdamov yo`q edi.

O`FF matbuot xizmati yuqorida ta`kidlangan futbolchilar jarohati va salomatligi bois OCh saralashiga chaqirilmaganini ma`lum qildi.

“Rustam Ashurmatov va Doston Hamdamov jarohati hamda sog`lig`idagi muammolar tufayli U-23 OCh saralashida ishtirok etayotgan O`zbekiston U-22 tarkibiga chaqirilmadi”, – deyiladi O`FF matbuot xizmati xabarida.

Boshqa yangiliklar