Bugun “Barselona” klubi rasmiy sayti Xerard Deulofeuning “Everton”dan qaytgani haqida rasman xabar berdi. Asli kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblangan 23 yoshli hujumchi yana “ko`k-anor ranglilar” safiga qaytdi.
Berilgan ma`lumotlarga ko`ra Deulofeu “Barselona” bilan 2019 yilga qadar shartnoma imzolagan. Ta`kidlash kerakki, kataloniyaliklar futbolchisini avvalgi shartnomasida belgilab qo`yilgan qayta sotib olish bandidan foydalanib, uni 12 mln evro evaziga ortga qaytarishga muvoffaq bo`lishdi.
Eslatib o`tamiz, Deulofeu 2015 yilda “Barselona”dan ketib, “Everton” safiga borib qo`shilgan edi. U o`tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Milan” klubida o`tkazib, Italiya A Seriyasida jami 17ta uchrashuvda ishtirok etdi va o`z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo`yishga erishdi.






